Xususan, shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilayotgan tovarlar qiymati kamaytirildi:

  • xalqaro aeroportlar orqali – 2000 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarigacha;
  • temiryo‘l va daryo bojxona chegaralari orqali – 1000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarigacha.

Qiymati 2000 dollardan oshmaydigan 65 gramm zargarlik buyumlarini olib kirish bo‘yicha amaldagi cheklovlar bekor qilindi.

Olib kirilayotgan tovarlar hajmi bo‘yicha cheklovlar aniqlashtirildi:

  • atir va ifor taratuvchi suvlar – 3 dona (lekin 300 mldan oshmagan);
  • tamaki mahsulotlari: amaldagi qoidalar bo‘yicha 10 quti o‘rniga cheklov kiritiladi: 200 dona sigaret, 5 dona sigara va tamaki – 100 gr.

Bundan tashqari, kiritilgan qo‘shimchaga  asosan bojsiz olib kirish normalari qo‘llanmaydi, agar tovarlarni notijorat maqsadlarda olib kirayotgan shaxs xorijiy davlat hududida:

– temiryo‘l, daryo va avtomobil o‘tkazish punktlari orqali 2 kalendar kundan kam muddat bo‘lgan;
– xalqaro aeroportlar orqali 3 kalendar kundan kam muddat bo‘lgan;
– bir kalendar oy davomida uch va undan ortiq marotaba bo‘lganda.