Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
18 iyun kuni Bishkek shahri elektr ta’minotida keng ko‘lamli uzilish sodir bo‘ldi.
Qirg‘iziston Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 18 iyun kuni Bishkekka xizmat ko‘rsatuvchi yirik nimstansiyada avariya yuz berdi. Oqibatda shahar elektr ta’minotidan uzildi.
Kaktus.media xabariga ko‘ra, ko‘pgina hududlarda suv ta’minoti yo‘qoldi, chunki nasos stansiyalari ham elektr energiyasi bilan ishlaydi. Ba’zi uyali aloqa operatorlari aloqadan va internetdan foydalanish imkoniyatini chekladi.
Jogorku Kenesh (parlament) sessiyasi zulmatda o‘tkazildi. Deputatlar Adliya masalalari bo‘yicha kengash a’zolarini qorong‘ida sayladi.

Bishkek shahri IIB butun shaxsiy tarkibni, shu jumladan ikkinchi smenani oyoqqa turg‘azdi. Xodimlar shahardagi chorrahalarda harakatlanishni tartibga solish uchun yo‘naltirildi.
Bank ilovalari ishlamay qoldi, kassa apparatlari ishlamayotgani uchun do‘konlar faoliyati ham to‘xtadi.
Kechga yaqin elektr energiyasi ta’minoti tiklangani, mutaxassislar blekaut sabablarini o‘rganayotgani haqida xabar berildi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026