Belarusda 14 nafar siyosiy mahbus, jumladan Svetlana Tixanovskayaning turmuş örtoği Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi, deb xabar berdi Meduza.

AQŞ maxsus elçisi Kit Kellogning yordamçisi Jon Koul ham siyosiy mahbuslar ozod etilganini e’lon qildi. 21 iyun kuni Kit Kellog Minskka borib, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşdi.

«Prezident Trampning kuçli rahbariyati natijasida bugun Belarusda 14 mahbus ozod etildi. Litva hukumatiga hamkorlik va yordam uçun rahmat — ular haqiqiy döst va ittifoqçi bölib qolaveradi», dedi Koul.

«Naşa Niva» xabariga köra, Tixanovskiy allaqaçon Belarusni tark etgan.

Sergey Tixanovskiy 2020 yilda hibsga olindi. Şundan söng, uning turmuş örtoği Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukaşenkoga qarşi Belarus prezidentligiga nomzodini qöydi. Saylov natijalariga köra, Lukaşenko öz lavozimida qolgani ma’lum bölgaç, mamlakatda norozilik namoyişlari boşlandi. Şundan söng, muxolifat vakillari ta’qibga uçradi. Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvaga köçib ötdi.

Sergey Tixanovskiy 2021 yil dekabr oyida 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. U ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş, adovatni qözğaş, Markaziy saylov komissiyasi işiga tösqinlik qiliş kabi jinoyatlarda aybdor deb topildi. Hukm Ğarb davlatlarining keskin reaksiyasiga sabab böldi: AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro Amnistiya jazoni siyosiy sabablarga köra qoraladi.