Kun.uz Buyuk Britaniya elçisi Timoti Smart bilan suhbatlaşdi. Diplomatga köra, Özbekistonning eng katta yutuqlaridan biri – kambağallar sonini qisqartirgani böldi. Biroq uzoq yillar davlat iqtisodni boşqargan, hukumatga tanbeh berib bölmasdi. Biz Özbekistonning katta davlatlar ta’siriga tuşib qolişini istamaymiz, deydi elçi.

Timoti Smart Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi sifatida 2023 yilning avgustidan iş boşlagan. Kun.uz bilan suhbatlaşgan diplomat respublikadagi siyosat xususida öz fikrlari bilan bölişdi. Avvalo, Buyuk Britaniya taşqi siyosatida Markaziy Osiyoning roli muhimligini aytdi. Özbekistondagi özgarişlardan Buyuk Britaniya hukumati va inglizlar xabardor ekanini qöşimça qildi. Sizning demokratik tizimingiz yaratilganiga aslida endi 8 yil böldi, dedi elçi.

“Köplab ijobiy körsatkiçlar bor, ammo men uçun eng ta’sirlilaridan biri — kambağallik darajasining 2016 yilda 30 foizdan yuqori bölib, bugun esa 10 foizdan kamaygani. Hozirda taxminan 7–8 foiz, yaqin kelajakda 5 foizgaça tuşişi kutilyapti. Bu 3 milliondan ortiq inson kambağallikdan çiqqani degani. Bu har qanday davlat uçun faxrli natija va biz bu jarayonni qöllab-quvvatlaymiz” – Timoti Smart, Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi

Iqtisodiyotda davlat iştirokining ustunligi va yopiq model samarasizlikka sabab böldi. Elçining fikriça, birinçi ma’muriyat davrida davlatga tanbeh beriş yoki hukumatga yöl-yöriq körsatiş notöğri sanalgan. Aslida rivojlaniş va islohotlarni xalq va hukumat doimiy muloqotda bölib muhokama qilişi kerak. Ayniqsa, korrupsiya borasida davlat nima bilan band ekanini xalq bilib turişi lozim.

Britaniyalik diplomatga köra, ikki tomon ham oliy darajadagi taşrif uçun tayyorgarlik körmoqda. Özbekiston prezidenti Yevropaning Fransiya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Sloveniya va Slovakiya davlatlarida böldi. Biroq mintaqaning asosiy iqtisodiy kuçlaridan sanalgan Buyuk Britaniyaga hali safar qilinmagan. Elçiga köra, bu taşrif şunçaki ramziy ahamiyatga ega bölmay, ikki xalqqa manfaat keltirişi kerak.

“Ha, hozirça rasmiy taşrif amalga oşirilmadi. Lekin men prezidentning Buyuk Britaniyaga taşrif buyurişini juda istardim. Hukumatimiz ham buni istaydi. Buyuk Britaniyadagi eng yuqori darajadagi rahbarlar mendan söraşadi: “Özbekiston hukumatidan asosiy sörov nima?” deb. Javobimiz aniq — prezidentning taşrifi. Bunday istakni ança oçiq va yaqqol eşitdik. Hozirça barça ma’lumotlarni oçiq ayta olmayman, ammo sönggi yuqori darajadagi vazirlik muzokaralarida aynan şu masala faol muhokama qilindi. Uşbu taşrifni foydaga aylantiriş uçun qanday aniq natijalarga erişiş mumkin — aynan şularni muhokama qilyapmiz”