Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp maxsus vakili: «Ibrohim kelishuvlari»ni kengaytirish bo‘yicha muhim bayonotlar kutilyapti
Bir necha mamlakatlarda munosabatlarni normallashtirish jarayoni boshlanishi mumkin - Stiv Uitkoff.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan davlatlar bilan bog‘liq muhim e’lonlar berilishi kutilayotganini aytdi.
CNBC telekanali efirida chiqish qilgan Uitkoff joriy kun tartibiga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda erishilgan sulh Isroilning Eronga zarbalari tufayli yuzaga kelgan keskinlashuvga chek qo‘ydi va mojaroning uzoq davom etadigan urushga aylanishining oldini oldi.
Uitkoff tomonlar o‘rtasida keng qamrovli tinchlik bitimiga erishilishiga umid bildirdi.
U bunday kelishuvga erishish imkoniyatini ko‘rsatuvchi «kuchli signallar» olayotganini ta’kidlab, Eronning bu jarayonga tayyorligi haqida shaxsiy taassurotga ega ekanligini bildirdi.
Maxsus vakil, shuningdek, yaqin kelajakda Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan davlatlar yuzasidan «muhim bayonot» kutilayotganini aytdi.
«Biz bir qator mamlakatlarda munosabatlarni normallashtirish jarayoni boshlanishi mumkinligiga ishonamiz», — dedi u.
Tehronning yadroviy dasturini sharhlar ekan, Uitkoff uranni boyitish va qurollanishni qayta boshlash Qo‘shma Shtatlar uchun «qizil chiziq» ekanligini ta’kidladi.
«Uranni boyitishdan tashqari, qurollarning o‘zi ham biz uchun qizil chiziqdir. Biz qurollanish poygasiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bu butun mintaqani beqarorlashtiradi», — dedi vakil.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
00:49 / 01.12.2025
Uitkoff Putin bilan qachon uchrashishini ma’lum qildi
20:42 / 30.11.2025
Kreml Vashington bilan qo‘shma biznes bo‘yicha maxfiy muzokaralar olib bormoqda
20:27 / 26.11.2025