Haftasiga tört kun işlaş iş unumdorligini oşirişi, iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni yaxşilaşi hamda iqtidorli xodimlarni kompaniyada uşlab qolişga yordam berişi mumkin. Madriddagi Karlos III universitetining InnovaWorking ilmiy loyihasi mutaxassislari şunday xulosaga keldi.

Tadqiqot natijalari Yevropa parlamentida taqdim etilgan. Mualliflarning ta’kidlaşiça, iş kunlari sonini qisqartiriş, masofadan işlaşga ötiş, moslaşuvçan jadval va qöşimça ta’tillar oliş imkoniyati xodimlar hamda biznesga ijobiy ta’sir körsatadi — bunda faqat kompaniya rahbariyati bunga özgarişlarga jiddiy yondaşişi kerak.

InnovaWorking loyihasining boş tadqiqotçisi Ana Belen Munos Ruisning tuşuntirişiça, Yevropaning oltita davlati — Ispaniya, Finlandiya, Fransiya, Vengriya, Irlandiya va Niderlandiyaning ham davlat, ham xususiy iqtisodiy sektoridagi mehnat şaroiti, iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanat tahlil qilingan.

«Tört kunlik iş haftasi köplab malakali xodimlarni jalb qilmoqda. Uni birinçi bölib joriy qilgan kompaniyalar sodiq, sifatli işlaydigan, biroq qulayroq şart-şaroitlar sabab raqib kompaniyalarga ötib ketişlari mumkin bölgan xodimlar mehrini qozonadi. Şu bois, uşbu yönalişda birinçi bölib harakat qilgan kompaniyalar uçun iste’dodli xodimlar oldida ustunlikka erişiş strategik jihatdan juda muhim», — deya tuşuntiradi mutaxassis Dias de Atauri.

Şu orqali iş haftasining qisqartirilişi nafaqat xodimlar manfaatlariga xizmat qiladi, balki iş beruvçilarga ham foyda keltiradi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning avgustida Yaponiya özining mehnatkaş xalqini haftasiga tört kunlik iş rejimiga ötkazmoqçi ekani töğrisida xabar berilgandi.