Yoz oylari odatda katta futbolda tanaffus bölsa-da, muxlislar uçun yanada qiziqarli hisoblanadi – barça e’tibor futbol maydonidan yangilik saytlariga, ijtimoiy tarmoqlarga köçadi. Sababi, transfer oynasi oçiq böladi, u yoki bu futbolçi boşqa jamoaga ötişi, sevimli klub qanday maqsadlarni közlab, qaysi pozitsiyalarni kuçaytirişga harakat qilayotganini kuzatib boriş ham zavqli. Axir şu orqali siz butun kelasi mavsumni tasavvur qilasiz, qaysidir ma’noda yozdagi özgarişlar bir neça yillik umidlarni ham belgilab beradi.

Buning ustiga bu davrda turli xabarlar ham juda köp, qaysi biriga işonişni bilmaysiz, ba’zi ma’lumotlarni tahlil qiliş, xulosa çiqariş qiyinçilik tuğdiradi, yangi terminlar paydo böladi – transfer budjeti nima, moliyaviy çeklovlar qanday amal qiladi, transfer narxi qayerdan paydo böladi, turli bonuslar, kelişuv şartlari, xullas, bu ham öziga yaraşa katta bir soha va bazaviy ma’lumotlarsiz köpinça notöğri xulosalar ham şakllanib qolişi mumkin. Şu tufayli, keling, transferlar mavzusiga töxtalamiz, ayni vaqti.

Internetdagi transfer miş-mişlari qay darajada işonçli?

Avvalo, miş-miş bilan rasmiy xabarni, manbalarni ajratib oliş muhim. Ba’zi çiqadigan xabarlar – ğirt uydirma, ba’zi xabarlarda u qadar işonçli bölmagan manbalar rol öynaydi. Misol uçun, biror saytdagi xabar ostida boşqa bir manbadagi matnga havola berilgan bölsa, şunçaki, jurnalist uşbu ma’lumot işonçli ekanini tekşirib köra olmagan, şuning uçun material haqiqatga yaqin tasavvur paydo qilişi uçun boşqa e’tiborliroq portaldan iqtibos keltirgan böladi.

Şuningdek, ayniqsa transfer bozori paytida eng keng tarqalgani – manfaatdor taraf tomonidan sizdirilgan xabarlar. Misol uçun, bir futbolçining agenti öz mijozi bilan boşqa bir klub qiziqayotgani haqidagi xabarni çiqartiradi. Bunga sabab, futbolçi töp surayotgan klubga bosim qiliş yoki öz mijozini boşqa klublar oldida piar qiliş uçun ham bölişi mumkin. Şuning uçun har qanday xabarni öqiganda öquvçi mustaqil tahlil qilişi, material kim tomonidan çiqarilgani, boşqa tasdiqlangan yoki işonçli xabarlar bilan qay darajada mos kelişi tekşirib körişi tavsiya etiladi.

Yana bir qiziq vaziyat – bir xabar duşanba kuni bir mamlakatda çiqadi, ertasiga çet el saytlari köçirib bosişadi, indiniga esa uşbu ma’lumot hatto çet el manbalari tomonidan tasdiqlangani haqidagi xabarlar paydo böladi. Şunga öxşaş holat Samuel Etöo «Bunyodkor»ga ötişi bilan boğliq miş-mişlarda kuzatilgandi. Avvaliga Özbekistondagi mahalliy saytlar bu kelişuv sodir bölgani haqida yoza boşlaşgan, keyinçalik bir qator çet el naşrlari özimizni manba qilib bu xabarni tarqatişgandi. Keyin esa futbolçining transferi haqiqatga yaqin ekani, Yevropaning taniqli naşrlari ham yoza boşlagani aytilgandi.