Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
2026 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga oid imtiyoz;
- oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im.
2028 yil 1 yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda respublika budjetidan qaytariladi.
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamg‘alash bo‘yicha sayyor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026