Sirdaryo viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida bir nafar yölovçi halok böldi, deb xabar beradi viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, 19 iyun kuni soat 05:40 larda Oqoltin tumani hududidan ötuvçi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining 116-kilometrida Lacetti rusumli transport vositasi haydovçisi rul boşqaruvini yöqotişi natijasida yölni ikkiga ajratib turuvçi temir tösiqqa borib urilgan.
Uşbu yönaliş böylab harakatlanib kelayotgan Yutong rusumli transport vositasi esa Lacetti rusumli avtomobilga borib töqnaşgan.
YTH oqibatida Lacetti rusumli avtomobilda yölovçi sifatida harakatlanib kelayotgan 1 nafar yölovçi tan jarohatlar olib tuman tibbiyot birlaşmasi jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















