Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Islomobod yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Islomobod yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Foto: "Dunyo" AA
Milliy aviatashuvchining Airbus A320 NEO rusumli samolyoti Islomobod xalqaro aeroportida, xalqaro aviatsiya tartib-taomiliga ko‘ra suvli arka bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Rasmiy kutib olish marosimida so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, Toshkent-Islomobod o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlarning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi turizm, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga hamda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini kelgusida 2 milliard AQSh dollariga yetkazish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Islomobod xalqaro aeroporti direktori Said Aftab Ali Shah Gilani ta’kidiga ko‘ra, ushbu aviaqatnovlar O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari va Pokiston o‘rtasida qulay, tezkor va xavfsiz havo yo‘li vujudga kelishiga imkon yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, mintaqaviy barqaror rivojlanish, logistika tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va tranzit salohiyatni to‘liq ishga solish uchun muhim asos bo‘ladi.
Uzbekistan Airways Islomobod xalqaro aeroportidan parvozlarni amalga oshirayotgan 28-kompaniyaga aylandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
Mavzuga oid

17:28 / 06.05.2025
Toshkent va Pokiston poytaxti o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

07:36 / 16.10.2023
BAAdan Samarqand, Buxoro, Urganch va Namanganga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

18:38 / 17.07.2023
Samolyotda uchish tavsiya etilmaydigan yo‘lovchilar e’lon qildi

12:52 / 27.10.2022