Andijon viloyati Xöjaobod tumanida profilaktika inspektori xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda qotillik qurboniga aylandi.

Içki işlar vazirligining ma’lum qilişiça, 1 iyul kuni soat 20:50 larda tumanning Yuksaliş mahallasidagi xonadonda janjal bölayotgani haqida 102 qisqa raqamiga kelib tuşgan xabar böyiça hudud profilaktika inspektori katta leytenant A.Abduvaliyev, mahalla raisi A.Mamataliyev bilan birga voqea joyiga yetib borişgan.

Aniqlanişiça, 1960 y.t. fuqaro Xolbozorov Yunusali Tumaroviç mast holda öz oila a’zolariga xöjalik piçoği bilan tahdid solayotgan bölgan. Hujumçini zararsizlantiriş jarayonida Xolbozorov qölidagi piçoq bilan katta leytenant Abduvaliyevning kökrak qismiga zarba berib, oğir tan jarohati yetkazgan.

Inspektor olgan jarohati natijasida körsatilgan yordamga qaramasdan şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "g" bandi (xizmat burçini bajarayotgan şaxsni qasddan öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumondor Yu. Xolbozorov voqea joyidan yaşiringan. Hozirda uni uşlaş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Uşbu şaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega bölsangiz, zudlik bilan yaqin oradagi içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişingiz söraladi. Ma’lumot bergan fuqaroning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

Fuqarolarning hayotini asraş maqsadida öz hayotini xavf ostiga qöyib, mardlik va fidoyilik körsatgan holda halok bölgan Andijon viloyati Xöjaobod tumani Içki işlar bölimi Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi profilaktika inspektori katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qaxaroviçning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur ta’ziya bildiramiz”, – deyiladi IIV axborotida.

Yuqoridagi modda asosida qotilni 15 yildan 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi kutmoqda.