Xöjaobod tumanida qotillik qurboni bölgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyev sönggi manzilga kuzatildi. Kun.uz’ga janoza marosimidan olingan videolavha kelib tuşdi.
Videolavhada körinişiça, profilaktika inspektorining janozasida harbiy orkestr tomonidan davlat madhiyasi ijro etilgan. Şuningdek, marosimda IIB xodimlari saf tortib, marhumga hurmat sifatida quroldan osmonga qarata bir neça bor öq uzişgan.
Eslatib ötamiz, Xöjaobod tumanida oila a’zolariga piçoq bilan tahdid qilayotgan 65 yoşli erkak çaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni piçoq bilan jarohatlagan. IIB xodimi şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Qotil qidirilmoqda. IIV uning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan xabar berişni söradi.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning bildirişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda yaşiringan gumonlanuvçini qidirib topiş çoralari körilmoqda.

















