Isroil armiyasi 48 soat içida 26 ta «qonli qirğin» uyuştirdi, buning natijasida 300 dan ortiq kişi halok böldi va yuzlab odamlar yaralandi.
Ğazo hukumati hujumlar Isroil qasddan öldiriş va genotsid siyosatini davom ettirayotganini körsatayotganini aytdi. Ta’kidlanişiça, zarbalarning aksariyati içki köçirilganlar boşpanasi bölgan hududlarga töğri kelgan — bular lagerlar, çodirlar, turar joy binolari, boğlar, bozorlar va gumanitar yordam tarqatiş punktlari.
Falastin rasmiylariga köra, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Bayonotda aytilişiça, Isroil «jamiyatning eng zaif qatlamlarini ataylab nişonga olmoqda».
Şuningdek, Isroil soğliqni saqlaş tizimi qoldiqlarini yöq qilişda davom etayotgani, şifoxonalarni bombardimon, tibbiyot xodimlariga hujum qilişda hamda muhim dori-darmonlar va asbob-uskunalar yetkazib berişni tösib qöyişda davom etayotgani ta’kidlangan.


















