Muzokaralar çoğida ikki tomonlama sohaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari – dengiz va quruqlik portlarida terminallar taşkil etiş, transport-logistika yönalişida yangi loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlarning barça yönalişda özaro munosabatlarni rivojlantirişdan manfaatdor ekanligi, hamkorlikda yangi bozorlarga kirib borişi ularning global iqtisodiyotdagi uluşi mustahkamlanişiga xizmat qilişi, bunda dengiz va quruqlik transport-logistikasi tarmoği muhim örin tutişi e’tirof etildi.

Pokiston dengiz portlarining Osiyo, Yevropa va Afrika örtasidagi global logistika zanjirlaridagi muhim geostrategik böğin ekanligi inobatga olinib, bu yerda Özbekiston yuklari uçun maxsus terminal oçiş masalasi körib çiqildi.

Pokiston dengiz işlari vaziri mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlab, özbekistonlik tadbirkorlarni dengiz portlarida off-dok terminal, saqlaş va bojxona omborlari kabi infratuzilmalarni birgalikda boşqarişga çaqirdi.

Şuningdek, Termiz şahridagi "Ayritom" erkin savdo hududida pokistonlik hamkorlar bilan birgalikda qöşma loyihalarni amalga oşiriş, jumladan "quruqlik porti" – logistika markazini taşkil etiş loyihasi xususida fikr almaşildi.

Suhbat çoğida transport-logistika sohasidagi manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida qöşma "yöl xaritasi"ni işlab çiqiş taşabbusi muhokama qilindi.

Bundan taşqari, iqtisodiy diplomatiya yönalişidagi hamkorlik masalalari, jumladan baliqçilik, dengiz mahsulotlari yetiştiriş va dengiz suvini tuzsizlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga e’tibor qaratildi.

Uşbu masalalar yuzasidan ikki mamlakat mutasaddi vazirliklari örtasida muloqotni davom ettiriş, onlayn muzokaralar uyuştiriş va özaro taşriflarni amalga oşiriş böyiça kelişib olindi.