Özbekiston prezidentining Ozarboyjonga davlat taşrifi Boku–Moskva munosabatlari ança taranglaşgan kunlarga töğri kelib qolgani, garçi tasodif bölsa-da, turkiy birlikni urğulovçi yaxşi signal böldi, deydi siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov. Iqtisodçi Şuhrat Rasul ikki davlat örtasida iqtisodiy hamkorlik uçun juda katta potensial va xalqaro platformalar borligini qayd etdi.

Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturi 3 iyul kungi sonida, global maydondagi sönggi voqeliklar tahlil qilindi. Avvaliga ekspertlar prezident Şavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat taşrifi asnosida Toşkent–Boku ittifoqçiligi haqida söz yuritdi.

Kamoliddin Rabbimov: Avvalo, rasmiy Toşkentning taşqi siyosiy va geosiyosiy munosabatlarida Özbekiston-Ozarboyjon aloqalarining örnini aniqlaşimiz kerak. Özbekiston mustaqil bölgandan söng, ya’ni ötgan 34 yil mobaynida bor-yöği törtta davlat bilan ittifoqçilik munosabatlarini şakllantirdi.

Birinçi ma’muriyat davrida faqat bitta davlat – Rossiya bilan, 2006 yilda ittifoqçilik munosabatlari örnatildi. Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgaç esa, biz bilan mintaqaviy yoki özlik jihatdan tarixan boğliq bölgan uçta davlat bilan qisqa muddatda ittifoqçilik munosabatlarini örnatdi.

2022 yilning fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi, şu yilning dekabriga borib Özbekiston va Qozoğiston ittifoqçi davlatlar böldi. 2023 yilda biz ikkita davlat bilan ittifoqçilik munosabatlarini örnatdik: bular Tojikiston va Ozarboyjon. Ya’ni Ozarboyjon – Özbekistonning törtta ittifoqçisidan biri hisoblanadi.

Özbekistonning birinçi ittifoqçisi bölgan Rossiya bilan imzolangan şartnoma – murakkab, ziddiyatli siyosiy va geosiyosiy kontekstda, majburan tuzilgan edi. Lekin qolgan uçta davlat Özbekistonning tabiiy ittifoqçilari: özlik nuqtayi nazaridan, tarixiy birlik nuqtayi nazaridan, til birligi nuqtayi nazaridan. Ularning uçalasi ham – musulmon davlatlari, bevosita yoki bilvosita qöşni davlatlar.

Ozarboyjon bilan özaro çegaramiz yöq, lekin tarixiy boğliqligimiz judayam kuçli. Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” dostonida, hozirgi zamonda talqin qilib sodda şaklda aytadigan bölsak, özbekistonlik yigit Farhod ozarboyjonlik qiz Şirinni yoqtirib qoladi. Şundan ham ikkita katta millatning tarixiy boğliqligini köriş mumkin.