Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi
Gretsiya 2011 yildan beri 147 ming nafar Suriya fuqarosiga boshpana bergan. Bashar Asad rejimi qulagach, mamlakat suriyaliklarning boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni muzlatib qo‘ygandi.
Gretsiya hukumati 2011 yildan beri birinchi marta suriyalik qochoqlarga boshpana berishni rad eta boshladi.
Qayd etilishicha, Boshpana taqdim etish xizmatiga yangi direktiva yo‘llangan bo‘lib, unda Gretsiya Suriyaga ixtiyoriy qaytish jarayonini qayta tiklashi haqida so‘z boradi.
«Gretsiya Yevropada birinchi bo‘lib, Suriyada Asad rejimi qulaganidan so‘ng, suriyaliklarning boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni muzlatib qo‘ydi hamda ularni sinchiklab ko‘rib chiqishga kirishdi. Shu orqali biz xalqaro himoya bilan bog‘liq suiiste’molliklarga yo‘l qo‘ymasligimizni namoyon qildik», deydi mamlakat immigratsiya va boshpana vaziri Tanos Plevris.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun avval chiqarilgan salbiy javoblar ularning «qochish sabablari va shaxsiy xarakteristikalari» asosida qabul qilingan.
Gretsiya 2011 yildan beri 147 ming nafar Suriya fuqarosiga boshpana bergan. Shuningdek, so‘nggi yillarda yana 150 mingga yaqin suriyalik mamlakatga noqonuniy kirib kelgan va Yevropaning boshqa davlatlariga o‘tib ketgan.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026