9 iyul kuni Tayvan an’anaviy-yillik «Hanguang» harbiy maşğulotlarini boşladi. Tadbir ön kun davom etadi - avvalgi yillardagidan ikki baravar köp. Maşqlarda rekord miqdordagi harbiy qatnaşmoqda: asosiy qöşinlar bilan birga zaxiradagi 22 mingdan ortiq askar.

Xitoy Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, maşğulotlar «misli körilmagan tarzda, ön kun davomida, keçayu kunduz otişma maşqlari» formatida ötkaziladi, bu esa ularni haqiqiy jangovar şaroitlarga imkon qadar yaqinlaştiradi.

Maşqlar köp bosqiçli jangovar töqnaşuvga taqlid qiladi. Birinçi bosqiçda orol kiberhujumlar va iqtisodiy bosimlarga duç keladi. Keyin Tayvan qurolli kuçlari Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasining (XOA) «dengizdan hujumini» qaytarişi kerak böladi. Harbiylar va zaxiradagilar jangovar taktikalarni duşman kirişi mumkin bölgan qirğoqböyi hududlarida ham, şaharlarda ham maşq qiladi. Bunga parallel ravişda orolda raketa hujumi va evakuatsiya holatlarida fuqarolik mudofaasi maşqlari ötkaziladi. Şu maqsadda poytaxt va yirik şaharlarda korxonalar işi va transport harakati töxtatiladi.

Sönggi paytlarda, 2027 yil Xitoyning Tayvanga bostirib kirişi mumkin bölgan ehtimoliy vaqt sifatida köproq tilga olinmoqda. 2025 yil mart oyida Tayvan Mudofaa vazirligi birinçi marta Xitoy tomonidan tajovuz boşlanişining ehtimoliy sanasi sifatida 2027 yilni rasman belgiladi.

The Interpreter tahliliy portali 2027 yilni Tayvan böğozidagi uruş boşlanişi vaqti sifatida tez-tez tilga olinişining bir qança sabablarini ta’kidlaydi: aynan şu yili XOA 100 yilligi nişonlanadi va Xitoy Kommunistik partiyasining (XKP) navbatdagi s’yezdi ötkaziladi. Unda Si Jinping misli körilmagan törtinçi muddatga qayta saylanişi mumkin. 2027 yil, şuningdek, Tayvanning amaldagi rahbari Lay Tsinde prezidentlik muddatining sönggi yili böladi — orolda saylovlar 2028 yil yanvariga möljallangan.