Belarus rasmiylari demokratik kuçlar yetakçisi Svetlana Tixanovskaya tomonidan tuzilgan Birlaşgan ötiş kabineti (OPK)ni «terrorçi taşkilot» deb tan oldi va respublika hududida uning faoliyatini taqiqladi. Bu haqda 9 iyul, çorşanba kuni Belarus Boş prokuraturasi xabar berdi. Ular taşkilot faoliyatida har qanday iştirok etiş, uni moliyalaştiriş yoki yordam beriş «jinoiy javobgarlikka sabab bölişini» ta’kidladi.

Departament ta’kidlaganidek, sudga taqdim etilgan dalillar vazirlar mahkamasi taşkilotçilari va faol iştirokçilarining harakatlarida «terrorçilik faoliyati elementlari» bor degan xulosaga keliş imkonini berdi. «Bu holatlar jinoyat işlari materiallari, jumladan, ijtimoiy adovat va nifoq qözğatiş, davlat hokimiyatini egallab oliş maqsadida til biriktiriş, sudlar tomonidan ayblov hukmi çiqarilgan boşqa köplab oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir etiş töğrisidagi materiallar bilan tasdiqlangan», — deyiladi Boş prokuratura xabarida.

2022 yil avgust oyida OPK tuzilgani haqida Belarus demokratik kuçlari yetakçisi Svetlana Tixanovskaya «Novaya Belarus» konferensiyasida ma’lum qildi. Öşanda kabinet Belarus muxolifatining «kollektiv ijroiya organi» sifatida taqdim etildi, bu esa «Belarus milliy manfaatlari»ni ilgari suradi. Tuzilma yaratilgandan söng deyarli darhol Belarus KGB OPKni «ekstremistik tuzilma» deb tan oldi. Birlaşgan ötiş kabineti iştirokçilari ham jinoiy javobgarlikka tortildi. Şunday qilib, Svetlana Tixanovskaya sirtdan 15 yilga, OPK rahbari örinbosari Pavel Latuşko esa sirtdan 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Svetlana Tixanovskaya turmuş örtoği, muxolifatçi Sergey Tixanovskiy hibsga olinganidan keyin 2020 yilda Belarusda bölib ötgan prezidentlik saylovlariga nomzodini qöygan edi. Saylovda 1994 yildan buyon mamlakat prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Aleksandr Lukaşenko ğolib deb e’lon qilindi. Markaziy saylov komissiyasiga köra, Tixanovskaya 10 foizga yaqin ovoz olgan. Muxolifat saylov natijalarini soxtalaştirilgan deb atadi.