Hindiston Harbiy-havo kuchlariga tegishli Jaguar samolyoti o‘quv parvozi vaqtida Rajaston shtatiga qulab tushdi, deb xabar beradi Hindustan Times.
Qayd etilishicha, samolyotni boshqargan ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgan.
Avariya bugun, 9 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 13:25 larda yuz bergan. Samolyot dala maydoniga qulab tushgan. Uning bortida uchuvchilardan boshqa hech kim bo‘lmagan.
«Fuqarolar mulkiga zarar yetish holatlari aniqlanmadi», - deyiladi Harbiy-havo kuchlari bayonotida. Maxsus komissiya samolyot halokatini tergov qilish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Hindistonda xuddi shu kabi qiruvchi samolyotl halokatga uchragan va uchuvchilardan biri halok bo‘lgan edi.











