Andijonda ikki oy oldin katta toşqin bölgan Sarbontepa mahallasi ahlining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Janubiy Farğona kanali böyida yana suv sathi kötarilgan va qirğoqlardagi damba mustahkamligi şubha ostida qolmoqda. Viloyat FVB va tuman hokimligi xavf katta emasligini aytdi, lekin murojaatdan keyin damba mustahkamlandi. Murojaatçilar esa IIB binosiga olib borilib, ulardan tuşuntiriş xati olindi.
Kun.uz'ga Andijon viloyati Buloqboşi tumani «Sarbontepa» MFYda yaşovçi fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Bir neça oy oldin bu qişloqning tepa qismida suv toşib ketib, mahalla ahli katta talafotlar körgan edi.
Mahalla faollarining aytişiça, joriy yil 8 iyulga kelib suvning zarar körib oçilib ketgan joyidan 1-1,5 kilometr pastroqda, Katta Farğona kanalida suv yoniga qilingan damba pasayib ketgan. Umumiy pasaygan joy miqdori 120-150 metr atrofida. Aholining asosiy xavotiri – damba yuvilib ketsa, katta suv qişloqqa yana zarar yetkazişi mumkin.

«Xalq qörqib, şu yerga özining yonidan pul sarflab tuproqlarni olib kelib tökyapti. Şu qişloqni suv yuvib ketmasin deb. Yaqinda, ikki oy oldin qişloğimizning yarmini suv yuvib ketdi. Öşanda bir soat deganda qişloqni tekislab qöydi. Mana, 1–1,5 km pastda yana xuddi şunaqa holat takrorlanyapti.
Mahallaning kattalari çiqib, lenta tortyapti, maşina yurmasin bu yoqqa, deb. Davlatimizdan iltimos qilib qolamiz, viloyat hokimi, Buloqboşi tumani hokimi… Şu narsaning ertaroq oldini olinglar. Ertaga kelib buni suv yuvib ketadigan bölsa, undan keyingi yordamning umuman keragi yöq. Çunki uyni boşqatdan qiliş kerak, umuman hamma joy rasvo bölib ketadi. Çunki biz öz közimiz bilan kördik qişloqda qanaqa holat bölganini. Şu xavfning oldini olaylik, sizlardan iltimos qilib qolamiz», deyiladi mahalla ahlining murojaatida.


Faollar olgan videoda beton kanalidan suv sathi ba’zi joylarda 70-90 smgaça kötarilib ketganini köriş mumkin. Murojaatçining aytişiça, suv yonidagi xavfli vaziyatni tuşuntiriş uçun profilaktika inspektorini ham çaqirişgan. Lekin u «öqişda» bölgani uçun kelolmagan. Mahalla raisi ham yordamçilari bilan «öqişda» bölgan.























