Janubiy Koreya sönggi yillarda özbekistonlik yoşlar uçun ta’lim oliş, tajriba orttiriş va yangi imkoniyatlar eşigini oçayotgan mamlakatlardan biriga aylandi. Biroq Koreyada öqiş nafaqat orzular, balki moliyaviy qiyinçiliklar va kundalik kuraşni ham anglatadi. Kun.uz Koreyada öqiyotgan özbek yoşlari hayoti, ularning izlanişlari, yutuqlari va real tajribalari bilan yaqindan tanişdi.
Mohiçehra Bahromova, talaba:
“Agar 5 yil oldin menga kimdir “Koreyaning TOP-10 talik universitetini qizil diplomga bitirib, Seul markazida tarjimon sifatida işlaysan” desa kulgan bölardim. 2003 yil Marğilon şahrida tuğilganman, oilamizda hamma pedagoglar bölganligi sababli öqişimga va til örganişimga katta e’tibor qaratilgan. Şuning uçun kiçkinaligimdan rus, nemis tillarini bemalol gapirib örganganman. Koreys tiliga bölgan qiziqişim esa öşa paytda maşhur bölgan “Tangem” seriali orqali paydo bölgan. Boş qahramonga qarab Koreyaning madaniyati, urf-odatlari biznikidek rang-barang, qiziqarliligi e’tiborimni tortgan. Hozir beşta tilda gapiraman, qöşimça ispan va arab tillarini örganyapman. Tillar içida koreys tili menga oson va qiziqarli tuyulgan. Kitoblar orqali örganganman.
Öşa paytda Koreyaga ketiş yoki Özbekistonda biror universitetga kiriş tanlovi bölgan, lekin men oilam bilan birga bölişni xohlaganligim uçun vatanda qolişga harakat qilganman. Keyinroq Koreyaga ketiş imkoniyatini beradigan Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga kirganman. Öqişga kirgan paytim koreys tilini yaxşi bilganim uçun menga darslar juda oson bölib tuyulgan. Lekin 2-kursdan koreys professorlar bizga dars öta boşlaşgani sababli darslar yanada qiziqarli böldi.
Öqiş davomida turli konkurslar, tanlovlarda iştirok eta boşladim, buni boşqalargayam maslahat beraman. Çunki Koreyadagi universitetlarda şunday sertifikatlar, har xil köngilli sifatida qilingan işlar juda inobatga olinadi. Mengayam bular katta yordam bergan.
Koreyaga kelgaç öqiş bilan birga 50dan ortiq joylarda işlaş uçun ariza yubordim, lekin olişmadi. Şunda bir klinikaga tarjimon kerak böldi va rus, koreys tillarini bilganim uçun işga olişdi. Birinçi oddiy stomatologiya klinikasida, keyinroq stomatologiya, oftolmologiya, plastik jarrohlik klinikalarida özbek, rus, koreys tarjimoni sifatida işlayapman”.
Şahzod Abdurahmonov, talaba:
“Andijonda tuğilganman, otam harbiy bölganliklari uçun köp viloyatlarda yaşaganmiz. Toşkentda yaşaganimizda koreys tilini örgandim. Lekin birinçi yili öqişga kira olmaganim juda qattiq zarba böldi. Keyingi yili tayyorlanib Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga kirdim. U yerda Koreyada 2 yil, Özbekistonda 2 yillik dastur asosida öqitiladi. Koreyaga ketiş uçun birinçi navbatda grantlarga e’tibor bera boşladim. Şundan keyin 4 yillik grant yutib oldim. Bu yerda dars jadvalini özingiz tuzasiz. Buning keliboq röyxatdan ötiş kerak ekan – men kelgunimça bu mavsum tugab qolgan ekan. Şunda koreyslardan yordam söraşga majbur böldim.















