Özbekistonda maişiy çiqindini olib çiqib ketiş xizmati uçun tölov 2025 yil 1 avgustdan boşlab elektr energiyasi töloviga boğlab qöyiladi. Bunda, çiqindidan qarzdor iste’molçi elektr energiyasi uçun tölov qilolmay qoladi.
Bu yangi tartib 2025 yil 30 iyungaça bölgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi, deya ma’lum qildi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi.
Çiqindini töplaş va olib çiqiş xizmatlari böyiça tölov intizomini kuçaytirişga qaratilgan qonun 2025 yil 7 martda qabul qilingan edi.
Unga köra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar töğrisidagi ma’lumotlar Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatiladi.
Söngra çiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigaça “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqami orqali SMS xabarnoma yuboriladi. Abonentlarga uşbu ogohlantiriş yuborilganidan keyin 5 kun qarzdorlikni bartaraf etiş uçun qöşimça muddat beriladi. Mavjud qarzdorlik uşbu muddat içida tölanişi lozim.
SMS yuborilganidan keyin abonent 5 kun içida qarzini tölamasa, elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyati vaqtinçalik çeklanadi. Bu çeklov qarzdorlik bartaraf etilişi bilan, avtomatik tarzda yeçiladi.
Bu tartib 2025 yil 1 iyuldan çiqindi xizmatlaridan şakllangan qarzdorliklar uçun joriy yilning 1 avgustidan boşlab qöllanadi. 2025 yil 30 iyungaça bölgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.
“Şu örinda, sanitar tozalaş korxonalari çiqindi tölovlarini hisoblaşda aniqlik va haqqoniylik uçun javobgar hisoblanadi! Agar abonentlarga sanitar tozalaş xizmati öz vaqtida va sifatli körsatilmasa körsatilmagan kunlardagi xizmatlar uçun tölovlar qayta hisob-kitob qilinadi.
Hurmatli abonentlar, sizda çiqindilarni boşqariş sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va şikoyatlar yuzaga kelganda: Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilişingiz mumkin”, – deyiladi agentlik axborotida.

















