Ispaniyaning Jirona şahrida «Rostex» vitse-prezidenti Vladimir Artyakovning öğli Dmitriy Artyakov hibsga olindi, deb xabar beradi The Insider.
Qayd etilişiça, Artyakov pul yuvişda gumonlanmoqda. Naşr ma’lumotlariga köra, uning buvisi Anna Kurepina Ispaniya bankidagi öz hisobraqamiga zayom körinişida 12,7 million yevro olgan va bu pulga köçmas mulk xarid qilgan. Keyinroq esa mulk nabirasi nomiga ötkazilgan.
Ispaniya huquq-tartibot organlari zayom qaytarilmaganini aniqlagan. Ularning versiyasiga köra, Kurepinaning hisobraqamiga kelib tuşgan pullar yurist Sergey Magnitskiy foş etgan soliqlarni qaytariş sxemasi böyiça Rossiya budjetidan öğirlangan.
Dmitriy Artyakov 2022 yildan beri Ukraina, AQŞ va Kanada sanksiyalari ostida hisoblanadi. Ammo YeI unga nisbatan sanksiya qöllamgaan, şu bois u Ispaniya hududida qonuniy yurişi va köçmas mulkka egalik qilişi mumkin.

















