“Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonun 2025 yil 12 oktyabrdan boşlab öz kuçini yöqotadi.
Şu sanadan e’tiboran, “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisida”gi, prezident tomonidan 10 iyul kuni imzolangan qonun kuçga kiradi.
Kuçini yöqotadigan qonunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan fuqarolarning 12 xil toifasi belgilangan edi. Uç oydan keyin bu tartib bekor qilinib, butun Özbekiston hududida yagona qoidalar amal qila boşlaydi.
Yangi qonunning 3-moddasiga köra, yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş – ruxsat etiş xususiyatiga ega emas, deb belgilandi. Bu bilan, Özbekiston fuqarolari boşqa joyga köçganda, köçib borgan joyida röyxatda turiş uçun davlatdan ruxsat söraşi emas, balki davlatni xabardor qilişi tartibi joriy etilmoqda.
Qonunga köra, fuqarolar yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart. Şaxsning yaşaşi uçun unga joy bergan mulkdor (yoki turar joyni tasarruf etiş huquqiga ega şaxs) – unga qaraşli joyda yaşay boşlagan şaxsni öz vaqtida röyxatdan ötkazişi kerak.
Registratsiya muddatlari:
- Özbekiston fuqarolari, Özbekistonda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar öz yaşaş joyi yoki turgan joyi özgargan taqdirda, yangi yaşaş joyiga yoki turgan joyiga kelgan kundan e’tiboran 10 iş kunidan keçiktirmay, yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
- Özbekistonning xorijda doimiy yaşovçi fuqarolari Özbekistonga kirgan kundan e’tiboran 10 iş kunidan keçiktirmay, yaşaş joy yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
- Özbekistonda doimiy yaşamaydigan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekistonga kirgan kunidan e’tiboran, agar Özbekistonning xalqaro şartnomalari va qonunçiligida boşqaça muddat nazarda tutilmagan bölsa, 3 iş kunidan keçiktirmay turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
Yangi qonunga asosan, Özbekiston fuqarolari yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötiş uçun içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda, yoxud YaIDXP orqali onlayn tarzda xabardor qilişi kerak.

















