Qöşma Ştatlar Armaniston va Ozarboyjon örtasidagi Zangezur yölagi ustidan nazoratni öz zimmasiga olişga tayyor, agar bu boşi berk köçaga kirib qolgan arman-ozarboyjon muzokaralarini olğa siljitişga yordam bersa. Bu haqda Turkiyadagi AQŞ elçisi Tom Barak jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Vaşington Zangezur yölagini 100 yilga ijaraga olişga tayyor.

«Ular (Armaniston va Ozarboyjon) 32 km yöl ustida bahslaşmoqda, lekin bu hazil emas. Bu ön yildan beri davom etmoqda — 32 km yöl. Keyin Amerika kelib, yaxşi, biz buni özimizga olamiz, deydi. Bizga 32 km yölni 100 yilga ijaraga bering, şunda mojaroga barham beriladi», dedi elçi.

Amerikaning xususiy kompaniyasi uşbu loyihani amalga oşirişda kafil bölişi mumkin, deb yozdi Middle East Eye. Taşabbus Turkiyadan çiqdi va AQŞ uning taklifiga rozi böldi, deb aniqlik kiritdi naşr manbasi. Biroq Armaniston uşbu kompaniya yölning Naxçivandan ötuvçi qismida ham işlaşi kerakligini ta’kidlagan. Ozarboyjon esa buni qabul qilib bölmaydigan aralaşuv sifatida baholagan.

Zangezur yölagi – Ozarboyjonning ğarbiy viloyatlari va uning eksklavi – Naxçivan Muxtor Respublikasini boğlovçi, Armanistonning Syunik viloyati orqali ötuvçi logistika yönalişi loyihasi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öz mamlakatining Zangezur yölagiga qiziqişini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, loyiha strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bölib, uning oçilişi butun mintaqa uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Armaniston loyihaning «Dunyo çorrahasi» deb nomlanişini istamoqda, çunki «Zangezur yölagi» atamasi Syunik mintaqasi suverenitetiga tajovuz qiladi. Ozarboyjon esa yölak Armanistonning töliq nazorati ostiga ötkazilmasligini ta’kidlaydi: Boku Yerevan bu yölakka tösiqsiz kirişni kafolatlay olmaydi, deb hisoblaydi.