Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida sunniy badaviy qabilalari va druz jangarilari örtasidagi töqnaşuvlarda kamida 89 kişi halok böldi, deb xabar berdi Livanning Naharnet naşriga tayanib The Insider.

Janglar ikki kundan beri davom etmoqda. Halok bölganlar orasida 46 druz, 4 nafar tinç aholi, 18 nafar badaviy jangari va harbiy kiyimdagi 7 nafar noma’lum kişi bor.

Mojaro 13 iyul kuni badaviy qurolli guruhlari Damaşqqa olib boruvçi yölda sabzavot sotuvçi druzni öğirlab ketganidan boşlangan. Şundan keyin, druzlar javob tariqasida boşqa badaviyni öğirlagan. Garçi garovga olinganlar keyinroq qöyib yuborilgan bölsa-da, 14 iyul kuni As-Suvayda şahri taşqarisida janglar davom etgan. Uylar minomyotlardan öqqa tutilgan, önlab odamlar yaralangan. Suvayda köçalari huvillab qolgan, viloyat ğarbiy qismidagi töqnaşuvlar va qişloqlarning öqqa tutilişi oqibatida şifoxonalar «önlab yaradorlar» bilan tölgan.

Mojaroning kuçayişiga javoban, Isroil kuçlari Suriyadagi druzlar aholisini himoya qiliş niyatini e’lon qilib, Suvaydada «bir neçta tanklarga» zarba bergan. Mamlakatda 152 mingga yaqin druz, jumladan Isroil tomonidan bosib olingan Jölan tepaliklarida 24 mingga yaqin druz yaşaydi.

Suriya harbiylari va içki işlar vazirligi hududga qöşinlar kiritilgani, tinç aholi uçun xavfsiz yölaklar yaratilgani haqida e’lon qildi va janglarni «tez va qat’iy» yakunlaşga va’da berdi.

Içki işlar vaziri Anas Xattob şunday dedi: «Davlat, harbiy va xavfsizlik institutlarining yöqligi Suvaydada davom etayotgan keskinlikning asosiy sababidir».

2025 yil mart oyida alaviylarga qarşi zöravonlikning kuçayişi va 1700 dan ortiq odamning ölimiga sabab bölgan va druzlar mahallalariga uyuştirilgan hujumlar 14 yillik fuqarolar uruşi davom etayotgan mamlakatda yangi Suriya hukumatining ozçiliklarni himoya qiliş qobiliyatiga jamoatçilikning işonçini pasaytirdi.

Şu yil mart oyida Suriyaning yangi hukumati kuçlari sobiq prezident Başar Asad rejimiga oid diniy ozçilik – alaviylarni ommaviy qirğin qilgani haqida xabar berilgan edi.