Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ozarboyjonda ruslarni hurmat qilishlari biz uchun juda muhim». Peskov – Moskva va Boku munosabatlaridagi inqiroz haqida
Foto: Videodan kadr
Rossiya va Ozarboyjon munosabatlarida murakkab davr boshlandi, biroq Kreml uning yakunlanishiga umid qilmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Kreml vakili Moskva va Boku munosabatlari «mustahkam asosga egaligi»ni aytib o‘tgan. «Ikki mamlakat manfaatlarining mos kelishi bor, o‘zaro hurmatga asoslangan o‘zaro manfaatli hamkorlik bor, lekin ba’zida ikki mamlakat munosabatlarida murakkab davrlar bo‘lib turadi. Hozir shunday davrlardan biri. Umid qilamizki, bu davr o‘tib ketadi», – deya Peskovning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».
«Biz uchun Ozarboyjonda ruslarni hurmat qilishlari juda muhim», – deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiyada Ozarboyjon fuqarolari ta’qib qilinishi haqida gapirarkan, RF prezidenti matbuot kotibi shunday dedi: «Ozarboyjon diasporasining deyarli barcha vakillari bu yerda munosib hurmatga sazovor bo‘lgan, qonunga itoatkor fuqarolarimizdir. Qonunlarni buzgan fuqarolar esa qonun bilan javobgarlikka tortiladi».
Peskov Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyevning Boku AZAL samolyoti halokati yuzasidan Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlayotgani haqidagi so‘zlariga ham munosabat bildirgan.
«Tergov harakatlari ketayotganidan xabaringiz bor. Muhokamalar ketyapti. Agar Ozarboyjon shunday qaror qabul qilsa, bu holatda bu Ozarboyjonning huquqi, biz barcha muhokamalar va tergovlarning rasmiy hukmlarini kutamiz», – dedi Kreml vakili.
Mavzuga oid
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026