Toğlar orasida, suv ombori atrofida butun boşli kurort-şahar quriş uçun ekologik risklardan taşqari, sel-suv toşqinlari va köçki xavfiga ham baho beriş, kelajakda suv sathi hozirgi darajada saqlanib qoladimi degan savolga javob topiş kerak böladi, deydi iqlimşunos Erkin Abdulahatov. Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayevga köra, investor loyihaviy hujjatlarni hali taqdim etmagan.

Çorvoq suv ombori böyida ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarovning “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi asosida kurort şaharça qurilişi kutilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda loyihaga juda köp e’tirozlar yangramoqda. Şunga qaramay, hukumat va investor örtasida şartnoma imzolab bölingan, Toşkentda bu quriliş loyihasining sotuv ofisi taşkil etilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Kun.uz bu boradagi savollar bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov va ekologiya vaziri maslahatçisi, jamoatçilik faoli Rasul Kuşerbayev bilan suhbat taşkil etdi. Bu suhbatga taklif etilgan Quriliş vazirligi va “Özsuvta’minot” vakillari unda iştirok etişmadi.

Toğ bağrida va suv böyida kurort-şahar qurilişi nimasi bilan xavfli?

Loyiha taşabbuskorlari faol quriliş işlarini tez orada boşlaşga tayyorligini aytmoqda. Vaholanki, iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, qurilişni boşlaşdan oldin hududning va’da qilinayotgan master-rejasini sifatli işlab çiqişning öziga kamida 6 oy vaqt kerak.

“Sel-suv toşqinlari va köçkilar xavfi baholanişi kerak. Yaşil maydonni quruq taqir hududga aylantirib, yer özlaştirganingizdan keyin, köçki xavfi kuçayadi, çunki u joyni ildiz qoplamalari uşlab turibdi. Çorvoq – Özbekistondagi eng köp yomğir yoğadigan hudud hisoblanadi. Yil davomida bunçalik köp yomğir yoğadigan joy Özbekiston hududida yöq.

Öz-özidan tuşunarliki, agar bu biznes olimlarning uzoq muddatli xulosalari, texnik şartlari, muhandislik xulosalari asosida barpo etilmasa, afsuski, bu loyiha uzoq yil davom etmaydi”, – deydi iqlimşunos.

Abdulahatov, şuningdek, uzoq muddatli prognozlar bilan hisoblaşişga çaqirdi: masalan, muzliklar erib borişi bilan suv ombori sathini hozirgidek darajada saqlab turiş kelgusida qiyin bölib qolişi mumkin.