Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Xalqaro sudi (ICJ) iqlim özgarişini keçiktirib bölmaydigan va ekzistensial (öta jiddiy) tahdid deb topdi, şuningdek, «toza, soğlom va barqaror atrof-muhitni» inson huquqlaridan biri deb tan oldi (.pdf).

Xalqaro sud raisi Yuji Ivasova mamlakatlar iqlim özgarişiga qarşi kuraşda hamkorlik qilişi kerakligini aytdi, çunki issiqxona gazlari çiqindilari, şubhasiz, inson faoliyati oqibatida yuzaga keladi va ularning ta’siri davlat çegaralari bilan çeklanmaydi.

BMT sudi qarori majburiy xarakterga ega bölmasa-da va mamlakatlarni iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça qandaydir harakatlarga majburlay olmasa-da, bu sohadagi keyingi siyosatga ta’sir körsatişi mumkin.

Sud qarori 2019 yilda boşlangan kampaniya bilan boğliq. Şu vaqtda Fiji orolida joylaşgan Janubiy Tinç okeani universiteti talabalari guruhi Vanuatu hukumatini BMTga tegişli şikoyat bilan murojaat qilişga köndirgan edi.

2023 yilda BMT Xalqaro suddan uşbu işni körib çiqişni talab etuvçi rezolyutsiyani qabul qildi. 2024 yil dekabr oyida uşbu iş böyiça eşituvlar bölib ötdi, sudda jami 100 dan ortiq davlat va 12 ta xalqaro taşkilot vakillarining körsatmalari tinglandi.

Iyul oyi boşida Inson huquqlari böyiça Amerikalararo sud ham odamlar barqaror iqlimga ega böliş huquqiga ega va davlatlar uni saqlab qoliş uçun hamma narsani qilişga majbur, degan qarorga keldi.