Garchi marketing va biznes kabi boshqa yo‘nalishlar ham yuqori daromad olib kelishi aniqlangan bo‘lsa-da, bu sohalarda odatda yuqori maoshga faqat bir necha yillik tajribadan so‘ng erishiladi.
AQSh kollejlar va ish beruvchilar milliy assotsiatsiyasi (NACE) hisobotida faqat endigina oliy ta’limni tamomlagan mutaxassislarga taklif etiladigan o‘rtacha maoshlar ko‘rib chiqilgan. Unda bonuslar, komissiyalar yoki boshqa qo‘shimcha imtiyozlar hisobga olinmagan.
Quyida NACE va AQSh Mehnat statistikasi byurosi (BLS) ma’lumotlari asosida, bakalavriatni tugatgandan keyin eng yuqori maoshli ishga joylashish mumkin bo‘lgan sohalar sanab o‘tiladi.
- Muhandislik (Engineering): $76 740
Eng yuqori maosh to‘lanadigan mutaxassislik — muhandislik bo‘lib, 2023 yildan beri bu sohada kutilayotgan daromadlar 3,1 foizga oshgan. Muhandislar mahsulotlar, inshootlar va texnologik tizimlarni loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadi.
Mehnat statistikasi byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, arxitektura va muhandislik sohalaridagi kasblar uchun 2023 yilda o‘rtacha 91 420 dollar to‘langan.
- Muhandislik bo‘yicha diplomga ega bo‘lganlar orasida eng ko‘p ishga olinadigan kasblar quyidagilar:
- dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi (Software developer);
- sanoat muhandisi (Industrial engineer);
- mexanik muhandis (Mechanical engineer);
- fuqarolik muhandisi (Civil engineer);
- arxitektura yoki muhandislik menejeri (Architectural or engineering manager).
- Kompyuter fanlari (Computer Sciences): $74 780
Kompyuter fanlari dasturiy ta’minot (software) va apparat ta’minoti (hardware) bilan ishlashni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar algoritmlar bilan ishlashni, kompyuter arxitekturasini loyihalashni va murakkab hisoblashlarni o‘rganadi.
Kompyuter va axborot tadqiqotchilari 2023 yilda o‘rtacha 145 080 dollar yillik maosh olgan. Bu bo‘yicha diplomga ega odamlar uchun eng ko‘p ishga olinadigan lavozimlar:
- axborot xavfsizligi tahlilchisi (Information security analyst);







