100 dan ortiq xalqaro gumanitar taşkilotlar Ğazo sektorida yaqinlaşib kelayotgan ommaviy oçarçilikdan ogohlantirdi va insonparvarlik yordamining yetib borişini ta’minlaş uçun qöşma murojaat e’lon qildi. Murojaat 111 taşkilot, jumladan, "Çegara bilmas şifokorlar" (MSF), Save the Children va Oxfam tomonidan imzolangan. Xatni Germaniyaning bir qança taşkilotlari ham qöllab-quvvatladi: Welthungerhilfe, Caritas, Forum Ziviler Friedensdienst va Weltfriedensdienst.
Imzolovçilar barça quruqlikdagi ötiş joylarini oçişni, oziq-ovqat, toza suv, dori-darmon, boşpana va yonilği yetkazib berişning BMT boşçiligidagi mexanizm orqali töliq qayta tiklanişini, blokadani töxtatiş va zudlik bilan öt oçişni töxtatişga kelişib olişni talab qilmoqda.
Maktubda «jang usuli sifatida tinç aholini oçlikdan öldiriş uruş jinoyati» ekanligi ta’kidlanadi. «Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boşçiligidagi gumanitar tizim qulagani yöq, uning faoliyatiga tösiq qöyildi. Gumanitar taşkilotlar keng miqyosda javob beriş uçun resurslarga ega, ammo kiriş taqiqlangani sababli biz muhtojlarga yordam bera olmayapmiz, jumladan, özimizning xodimlarimiz ham çarçagan va oçlikdan azob çekayotgan paytda», — deyiladi maktubda.
Isroil Ğazo sektorini blokadaga oliş va oçlikdan uruş usuli sifatida foydalaniş ayblovlarini bir neça bor rad etib keladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvçi COGAT Isroil hukumati taşkiloti insonparvarlik yordamini yetkazib beriş bilan şuğullanadi.

















