“Vallomov işi”da sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Jinoyat işida jami 6 nafar yigit ayblangan. Ular 27 yoşli Otabek Vallomov, 27 yoşli Muhammadaziz Ğulomjonov, 28 yoşli Muhammad Qodirov, 26 yoşli Nazirjon Mahmudjonov, 24 yoşli Muhammadali Omonullayev va 26 yoşli Xojiakbarxon Mamajonov.
Hukmda keltirilişiça, Otabek Vallomov va boşqa sudlanuvçilar 2025 yil 21 fevral kuni soat 17:40 larda bir guruh bölişib, Farğona şahridagi “Verona” kompyuter öyinlari klubiga borişgan. Ular öyin öynaş jarayonida baqir-çaqir qilişib, jamoat tartibi va boşqa mijozlarning tinçligini buzişgan.
Klub iş yurituvçisi F.Xudoynazarov ularni tartibga çaqirib, tinçlik saqlaşlarini, baqir-çaqir qilmasliklarini söragan. Biroq sudlanuvçilar janjal çiqarib, F.Xudoynazarovni, söngra klub işçisi F.Musayevni kaltaklaşgan. Bezorilar tegişli organlarga xabar bermoqçi bölgan klub iş yurituvçisi M.Suyarqulovni ham heç bir sababsiz urib, unga qasddan oğir tan jarohati yetkazişgan va voqea joyidan ketib qolişgan.
Otabek Vallomov sudda aybiga qisman iqror bölgan va F.Xudoynazarov onasini haqorat qilgani uçun urganini aytgan.
“Verona” klubiga ilgaridan borib turardik. Borganimizda bir kişi öyin uçun tölov qilardi va işçilar kompyuterlarni birdaniga yoqib berişardi. Doim yaxşi kutib olişib, samimiy munosabatda bölişgan. Örtamizda adovat bölmagan. Öyin vaqtida quloqçinlar taqib, öyinga berilib ketardik, baland ovozda gaplaşardik. Lekin bu böyiça bizga heç kim e’tiroz bildirmagan.
Voqea kuni klubga bordik. F.Xudoynazarov kassada turgandi, unga salom berdik, u alik olmadi. Öyinga pul berdim va kompyuterlarni oçişini söradim. F.Xudoynazarov hamma alohida tölov qilişini sörab köpol munosabatda böldi. Bu holatdan hayron böldim.
2 ta jamoaga bölinib öynaşni boşladik. 10-15 daqiqadan keyin öyinga berilib ketib, ovozimizni baland kötardik. Şunda közim F.Xudoynazarovga tuşib qoldi, u bizga sökinib baqirdi. Uning gapini özimga olmasdan, öynaşda davom etdim. Oradan 2-3 daqiqa ötib, F.Xudoynazarov oldimga keldi va “senga gapiryapman” deb kompyuterni öçirib qöyişini aytdi. Unga bu yer kutubxona emasligini, baland ovozda gapirib öynaşimiz mumkinligini tuşuntirdim.
F.Xudoynazarov gapining orasida onamni haqorat qilib sökindi. Şunda uning gaplariga çiday olmasdan, yuziga urib yubordim. M.Suyarqulov ham sökinib, menga taşlandi. Uning ham yuziga şapaloq bilan urdim”, degan u öz körsatmasida.
Otabek Vallomov tadbirkorligini, qöl ostida 100 nafardan ortiq işçi borligini, qilmişidan puşaymonligini aytib, suddan yengillik söragan.


















