"Mental state of the world" xalqaro tadqiqotiga köra, Markaziy Osiyo davlatlari aholisining ruhiy salomatligi joyida emas. Respublikalar eng oxirgi öntalikdan joy olgan, röyxatning boşidagi davlatlar aholisi ham oyning 21 kunida soğlom harakatlanişi aytilgan. Kun.uz suhbatlaşgan psixolog, jamiyatşunoslar fikriça, mamlakatimiz aholisining tuşkun kayfiyatiga avvalo iqtisodiy yetişmovçiliklar sabab bölmoqda. Bundan taşqari, yod yetişmasligi, sun’iy oziq-ovqat mahsulotlari va mentalitet qöygan çegaralar odamlarni ortiqça asabiylaştiryapti.
Markaziy Osiyo aholisi ruhiy soğlomlar emas, bu borada tadqiqot ötkazildi va unda Özbekiston ham oxirgi örinlarda turibdi. Hozir şu tadqiqotga ham töxtalib ötamiz.
Özbekiston aholisining ruhiy salomatligi joyida emas, bu böyiça dunyo reytingida davlatimiz oxirgi örinlarda qolib ketdi. Mental state of the world xalqaro tadqiqoti röyxatida Özbekiston 83 davlat içida 74-örinda turibdi. Bu bilan respublika qöşnilari Qozoğiston, Qirğiziston va Turkmanistondan oldinda. Umuman, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ruhiy salomatlik holati oğirligiça qolmoqda. Reytingda:
- Qozoğiston – 76-örin;
- Qirğiziston – 79-örin;
- Tojikiston – 80-örin.
Dunyo böyiça örtaça ruhiy holat indeksi 63 ballni taşkil qilmoqda. Bu insonlar oyda taxminan 21 kun davomida özini barqaror va faol his qilişini anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo davlatlari bu körsatkiçdan ança ortda qolyapti. Özbekiston 54,5 ballni, Qirğiziston va Tojikiston 51,2 ballni qölga kiritgan. Qozoğiston esa 52,3 ball bilan Braziliya, Janubiy Afrika respublikasi va hattoki Afğoniston bilan deyarli bir darajada.
Uruş bölayotganiga qaramay, Ukraina, Rossiya fuqarolari ijobiy natija körsatgan, Isroil fuqarolari ruhiy soğlomlik böyiça 4-örinda.
Mutaxassislar fikriça, odamlarning ruhiy holati yomonlaşişiga bir vaqtning özida bir neçta omillar sabab bölyapti: xavotir, tuşkunlik, çarçoq, yolğizlik va hal qilinmagan içki muammolar. Bugungi kunda dunyo böyiça har sakkiz kişidan biri, ya’ni 8 milliard aholining 1 milliardga yaqini ruhiy kasallikka çalingan. Bunda ösmirlar eng zaif qatlam hisoblanadi, çunki ruhiy muammolarning yarmi 14 yoşgaça boşlanadi.
Kun.uz bilan suhbatlaşgan psixolog Madina Şukurovaga köra, avvalo aholining tibbiy salomatligi joyida emas. Odamlarda yod tanqisligi mavjud.
“
















