Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon gubernatorlar bilan uchrashuvda mamlakatda jiddiy suv taqchilligi borligini ma’lum qildi.
Foto: Ali Khara/WANA
"Bugun Tehron suv resurslarining jiddiy qisqarishi bilan yuzma-yuz turibdi, zaxiralarimiz esa xavotirli vaziyatda, – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan "Anadolu" agentligi. – Bu inqirozni jamoatchilik bilan muvofiqlashtirmasdan yengib o‘tishning iloji yo‘q. Batafsil baholar shuni ko‘rsatadiki, suv zaxiralari tugaydi, resurslardan shu paytgacha noto‘g‘ri foydalanilgan".
Hozirgi vaziyatda tabiatni yoki boshqa odamlarni ayblab bo‘lmasligini ta’kidlab, o‘tmishdagi noto‘g‘ri qarorlar bu holatga olib kelganini qayd etdi.
"Bizga nozik, ilmiy va uzoqni ko‘ra oladigan boshqaruv kerak. Mamlakatni suv inqirozidan qutqarish uchun hukumat ham, xalq ham ushbu milliy jarayonga maksimal darajada e’tibor qaratishi va faol ishtirok etishi zarur", – deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Eronda davom etayotgan qurg‘oqchilik tufayli to‘g‘onlardagi suv sathi pasaygan, deya ma’lum qildi Tehron viloyati suv boshqarmasi bayonotda. Poytaxtni ta’minlovchi suv zaxiralari so‘nggi asrdagi eng past darajaga yetdi.
Hukumat, shuningdek, aholini suv iste’molini cheklashga chaqirdi, chunki mamlakat davom etayotgan jazirama to‘lqini sharoitida jiddiy suv tanqisligiga duch kelmoqda.
Mavzuga oid
00:25
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
21:10 / 21.01.2026