Qoraqalpoğistonning Ellikqal’a va Beruniy tumanlari orasida joylaşgan Aqçaköl suv havzasida bir oilaning uç nafar a’zosi çökib ketdi. Bu haqda Kar24.uz telegram-kanalida xabar berilgan.
Qayd etilişiça, 23 iyul kuni soat 15:00 atrofida Beruniy tumanida yaşovçi 38 yoşli erkak Aqçaköl köliga turmuş örtoği farzandlari va jiyanlari bilan dam oliş maqsadida borgan. Ular kölga şaxsiy qayiqda tuşişgan, biroq köl örtasiga yetişganida ehtiyotsizlik oqibatida qayiq ağdarilib ketgangan.
Natijada oila boşliğining 36 yoşli turmuş örtoği Z.R. hamda 10 va 13 yoşli qizlari suvga çökib, voqea joyida vafot etgan.
Qidiruv-qutqaruv işlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi öşa kuniyoq topilgan. Uçinçi şaxsning jasadi deyarli ikki kun ötib suvdan olib çiqilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan (ehtiyotsizlik orqasidan ikki va undan ortiq odam öldiriş 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi).

















