Uşbu taşabbus Raqamli texnologiyalar vazirligi kömagida amalga oşirilmoqda va ayollarning ğoyalarini real biznesga aylantirişlariga kömaklaşuvçi tizimli treninglar, murabbiylik, hamjamiyat quriş tadbirlarini taklif qiladi.

Rasmiy relizga köra, dastur Özbekistonning barça hududlaridagi ayollar uçun startaplar olamiga kiriş eşigini oçadi.

Iştirokçilar master-klasslarda qatnaşadi, tajribali murabbiylardan maslahatlar oladi va özaro fikrlaşuvçi ayollar tarmoğiga qöşiladilar.

Dastur amaliy loyiha işlab çiqiş jarayonini öz içiga oladi va ommaviy taqdimotlar bilan yakunlanadi. Eng faol qatnaşçilar keyingi bosqiçda murabbiylik va rivojlaniş imkoniyatlariga ega böladi.

Dasturning oçilişi Pitch&Rise nomli tadbir orqali nişonlandi. Uşbu tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Startup Garage platformasi hamkorligida taşkil etildi. Bir neça ayol tadbirkorlar öz ğoyalarini taqdim etdi. Ğoliblarga AT sohasida yoşlar, ayollar va frilanserlar bilan işlaş hamda Özbekistonni mintaqaviy AT markaziga aylantiriş böyiça maslahatçi Kamola Sobirova tomonidan mukofotlar topşirildi.

“Özbekiston jadal rivojlanmoqda, va ayollar bu jarayonning markazida turişmoqda, – dedi Kamola Sobirova. – Startaplardan raqamli texnologiyalargaça ayollar öz örnini mustahkamlab bormoqda. Ayollarga qaratilgan dasturlar va Pitch & Rise kabi tadbirlar ularning yetakçilikka tayyorligini yaqqol körsatmoqda”.

“SG Women bu şunçaki dastur emas – bu bayonot, – dedi Startup Garage asosçisi Muhammad Xalil. – Biz Özbekistonning har bir burçagidan çiqqan ayollar real bizneslar yaratadigan, öziga işonç hosil qiladigan va innovatsiyalar sohasida yetakçilikka intiladigan muhitni barpo qilyapmiz. Ulkan oçilmagan salohiyat bor, bu esa endigina boşlanişi”.

Taşabbus doirasida muntazam uçraşuvlar, muvaffaqiyatli ayol asosçilar bilan podkastlar hamda norasmiy tarmoq tadbirlari ötkaziladi. Barça faoliyatlar ayollarga oçiq, inklyuziv va barça hududlarni qamrab oluvçi tarzda işlab çiqilgan, şu sabab yirik şaharlardan uzoqda yaşovçi ayollar ham birdek imkoniyatga ega böladi.