HAMAS poytaxti Quddusda bölgan Falastin davlati tuzilmaguniga qadar qurolsizlanmasligini bildirdi.
"Bizning milliy huquqlarimiz töliq tiklanmaguniça va birinçi navbatda poytaxti Quddusda bölgan mustaqil Falastin davlati tuzilmaguniça qurolli qarşilik töxtatilmaydi”, - deya HAMAS bayonotidan iqtibos keltirdi Al Arabiya.
Qayd etilişiça, bu ularning AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning HAMAS qurolsizlanişga tayyorligi haqidagi sözlariga javobidir.
HAMAS şuningdek, Uitkoffning Ğazodagi gumanitar yordam tarqatiş markaziga taşrifini tanqid qildi va bu taşrifni “jamoatçilik fikrini çalğitiş uçun avvaldan tayyorlangan teatrlaştirilgan tomoşa” deb atadi.
Taşkilot AQŞni Ğazoda öt oçişni töxtatiş, Isroil qöşinlarini olib çiqib ketiş va anklav qamalini olib taşlaşda iştirok etişga çaqirdi.

















