Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi 23–29 iyul kunlari AQŞga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida 25 ta mahalliy töqimaçilik korxonasi Nyu Yorkdagi “Texworld NYC”, “Apparel Sourcing USA” va “Home Textiles Sourcing Expo” xalqaro körgazmalarida qatnaşdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Körgazmalar doirasida Bunzl plc, Levi Strauss & Co., PVH Corp., G-III Apparel Group, Kontoor Brands, American Eagle Outfitters, Tapestry Inc., Macy’s, American Apparel & Footwear Association (AAFA), United States Fashion Industry Association (USFIA), Oritain va boşqa yetakçi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi.
Uçraşuvlarda Özbekiston işlab çiqaruvçilarini AQŞ bozoriga çiqariş va sourcing mexanizmi asosida buyurtmalar joylaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Şuningdek, ISSV vakillari AQŞ Savdo vazirligi bilan uçraşuv ötkazdi. Unda Özbekiston va AQŞ örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, savdo tösiqlarini kamaytiriş va investitsiyalarni faollaştiriş böyiça mexanizmni işlab çiqiş masalalari körib çiqildi.
Özbekiston mahsulotlarini, jumladan töqimaçilik, quriliş materiallari, elektr texnikasi va qişloq xöjaligi mahsulotlarini Amazon, Walmart, Whole Foods Market, Bloomingdale’s va The Home Depot kabi yirik savdo tarmoqlarida joylaştiriş imkoniyatlari ham alohida muhokama qilindi.
AQŞ Savdo vazirligi huzuridagi CLDP (Savdo huquqini rivojlantiriş dasturi) vakillari bilan bölgan muzokaralarda özbekistonlik kompaniyalar uçun AQŞ standartlariga mos sertifikatlaş va qadoqlaş böyiça vebinar va seminarlar taşkil etişga kelişib olindi.
AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi va AQŞ Paxta assotsiatsiyasi bilan uçraşuvda GSM-102 dasturi doirasida Özbekistonga AQŞ paxtasini yetkazib beriş, kredit limitini oşiriş va “Made from U.S. Cotton” taşabbusini işga tuşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uçun, GSM-102 dasturi importyor-davlatlarga AQŞ qişloq xöjaligi mahsulotlarini AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan kafolatlangan kredit asosida sotib oliş imkonini beradi.
May oyida Özsanoatqurilişbank bergan xabarga köra, AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi bu dasturning Özbekistondagi ilk iştirokçisi sifatida SQBni tanlagan

















