Turkmanistonning Avaza şahrida Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça BMT konferensiyasi doirasida davlat rahbarlari, jumladan prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon milliy kunlariga bağişlangan tadbirlarda iştirok etdi.

Milliy kunlar mintaqa xalqlarining boy madaniy merosini, mustahkamlanayotgan qöşniçilik aloqalarini va kengayib borayotgan madaniy-gumanitar hamkorligini namoyiş etiş maqsadida uyuştirildi.

Bu yerda an’analar va hunarmandçilikka bağişlangan, madaniyat, san’at va turizm sohalaridagi zamonaviy yutuqlar aks etgan milliy pavilyonlar oçilgan. Şuningdek, milliy taomlar körgazmasi va pazandaçilik böyiça mahorat darslari taşkil etilgan.

Ta’kidlanişiça, an’anaviy özbek hovlisi körinişida qurilgan Özbekiston pavilyoni taşrif buyuruvçilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Qayd qilinişiça, tadbir mintaqaviy öziga xoslik va madaniy rang-baranglikning navbatdagi namunasi sifatida özaro anglaşuvni mustahkamlaşga hamda Markaziy Osiyoni tinçlik, barqarorlik va farovonlik makoni sifatida namoyon etişga xizmat qildi.