Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati, Kökdala tumanida 5 avgust kuni gaz töldiriş şoxobçasida yonğin va portlaş yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.

FVV xabariga köra, avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasi «Oltindala» mahallasida joylaşgan. 

Uning hududida propan suyultirilgan gaz taşuvçi avtosisternadan propan saqlaş rezervuariga yoqilği quyiş vaqtida çaqnaş sodir bölib, yonğin kelib çiqqan.

5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 22:30 da qurşab olingan va soat 22:50 da öçirilgan.

Yonğin oqibatida 1 ta avtosisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlaş rezervuari yonib ketgan.Avtosisterna haydovçisi yengil kuyiş tan jarohati olgan.

Hodisa joyiga viloyat FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

16 iyul kuni Kökdala tumanida aholiga xizmat körsatuvçi gaz töldiriş stansiyasi hududida yoqilği saqlaş rezervuarida portlaş va yonğin sodir bölgan edi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok böldi.