Isroil xavfsizlik mahkamasi Falastinning HAMAS harakatini «mağlubiyatga uçratiş» va Ğazo şahri ustidan nazorat örnatiş rejasini ma’qulladi. Bu haqda 8 avgust, juma kuni AP va Reuters agentligi xabar berdi. Bu qaror isroillik yuqori martabali amaldorlarning tungi uçraşuvidan söng – uruşni töxtatişga qaratilgan xalqaro çaqiriqlar kuçayib borayotganiga va HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qörqqan köplab isroilliklarning noroziliklariga qaramay qabul qilindi.
Boş vazir Binyamin Netanyahu avvalroq Fox News telekanaliga bergan intervyusida bir qator rejalar haqida gapirib, Isroil butun Ğazo sektorini nazorat qilişni rejalaştirayotganini aytgan edi. Isroil armiyasi allaqaçon eksklavning törtdan uç qismini nazorat qilmoqda.
Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) Ğazo şahriga bir neça bor havo hujumlari va reydlar uyuştirdi. Biroq, bu eksklavning Isroil bufer zonasiga aylantirilmagan va evakuatsiya qilinmagan kam sonli hududlaridan biridir.
Hududda quruqlikdagi yirik operatsiya ön minglab odamlarni köçirişi va oziq-ovqat yetkazib berişga tösqinlik qilişi mumkin, deya qayd etdi AP.


















