Eron Kavkaz mintaqasida Amerika yölagi yaratilişiga yöl qöymaydi, dedi Eron oliy rahbari maslahatçisi Ali Akbar Viloyatiy Tasnim agentligiga bergan intervyusida. Uning sözlaridan Interfax iqtibos keltirdi.
«Bunday yölak AQŞ prezidenti Donald Trampning yollanma askarlari uçun maydonçaga aylanadi, ammo Amerika prezidentiga tegişli bölmaydi», dedi u.
Uning eslatişiça, Eron har doim Zangezur yölagini yaratişga qarşi bölgan, çunki bu «mintaqa geosiyosatida qarama-qarşiliklarni keltirib çiqaradi, çegaralarni kesib ötişga xizmat qiladi va Armanistonning parçalanişiga olib keladi».
AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 avgust kuni Yerevan va Boku tinçlik kelişuviga erişişga tösqinlik qilgan muammoni - uşbu transport yölagidan foydalaniş masalasini hal etişga muvaffaq bölganini aytdi. U Tramp nomi bilan ataladigan böldi.
«Biz avvalgi muzokaralarni buzgan asosiy masalani hal qildik. Bu deklaratsiyada mustahkamlandi. [Yölak nomi] men uçun katta şaraf - «Trampning xalqaro tinçlik va farovonlik yöli», ammo men buni söraganim yöq», dedi Tramp.
Amerika yetakçisining tuşuntirişiça, «bu maxsus tranzit zonasi» bölib, Ozarboyjonga Armaniston suverenitetini töliq hurmat qilgan holda Noxiçevan hududiga ötiş imkonini beradi.
«Armaniston ham uşbu yölakni rivojlantiriş uçun Qöşma Ştatlar bilan eksklyuziv hamkorlikni yölga qöymoqda», dedi Tramp.
Avvalroq, Reuters Vaşington Janubiy Kavkazdagi eng muhim transport yölagi Zangezurni nazoratga olişi, bu Boku va Yerevan örtasida kutilayotgan tinçlik kelişuvining bir qismi bölişi haqida xabar bergan edi.

















