Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Trampning bölajak uçraşuvi oldidan Alyaska ştatining Ankorij şahridagi mehmonxonalarda narxlar keskin oşdi. Bu haqda Booking.com bronlaş xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Xabarga köra, narxlar qariyb ikki baravarga qimmatlagan. 16 avgustga ötar keçasi uçun xona ijarasi Hilton Anchorage mehmonxonasida avval 347 dollar bölgan bölsa, endilikda 657 dollarga kötarilgan. Wyndham Garden Anchorage Airport mehmonxonasida bir tunni ötkaziş 499 dollardan 609 dollarga oşgan. Endilikda The Wildbirch Hotel in JdV by Hyatt mehmonxonasida xona uçun 322 dollar örniga 547 dollar tölaşga töğri keladi. Hampton Inn Anchorage mehmonxonasida esa xona narxi 352 dollardan 616 dollarga kötarilgan.
Avvalroq Tramp Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada uçraşişini e’lon qilgandi. Kreml buni tasdiqladi va uçraşuvning asosiy mavzusi Ukrainadagi vaziyatni barqarorlaştiriş masalasi bölişini bildirdi.
















