Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda daraxtkushlik: voyaga yetgan archalar kesib tashlandi
12 avgust kuni viloyatning Sariosiyo tumanidan Kun.uz'ga yo‘llangan videoda katta maydonni egallagan archazorda ko‘plab yirik va voyaga yetgan archalar kesilayotgani aks etgan.
Kadrlarda ko‘rinishicha, bir guruh odamlar kesilgan daraxtlarni taxlab, mashinalarga ortmoqda. Manbaga ko‘ra, ular obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bo‘lishi mumkin.
Google xarita orqali tekshirilganda bu tumanning Furqat ko‘chasidagi kattagina archazor maydoni ekani ma’lum bo‘ldi. Daraxt kesish ishlari ayni paytda ham davom etayotgani aytilmoqda.
Kun.uz holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov bilan telefon orqali bog‘landi. U vaziyat nazoratga olingani va holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ta’kidladi.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda daraxt kesishga moratoriy joriy qilingan. Moratoriy 2021 yilning 31 dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan farmon bilan muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Mavzuga oid
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
23:44 / 21.06.2026
Britaniyada Robin Gudning mashhur 1200 yillik daraxti qurib qoldi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
17:06 / 06.05.2026