Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qabul qilishni qayta tikladi
Birinchisi Flyone Asia mahalliy aviakompaniyasining Andijon - Jidda yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradigan muntazam reysi bo‘ldi.
Keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng, foydalanishga topshirilgan Andijon aeroporti 12 avgust kuni birinchi xalqaro reysni amalga oshirdi.
Birinchisi Flyone Asia mahalliy aviakompaniyasining Andijon - Jidda - Andijon yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta — seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladigan muntazam reysi bo‘ldi.
Bortida 151 yo‘lovchi bo‘lgan Q72261 reysi manziliga uchib ketdi. Aviakompaniya vakillari mazkur yo‘nalish ziyorat, sayyohlik va xizmat safarlari imkoniyatlarini kengaytirish, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda Andijon aeroportidan muntazam qatnovlar Toshkentga, Silk Avia (dushanba va payshanba kunlari) va Uzbekistan Airways tomonidan (chorshanba va shanba kunlari) amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026