Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 ta davlat Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi
Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Gabon, Isroil, Pokiston va Ruanda Oq uy rahbarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Foto: Oq uy
AQSh prezidenti Donald Tramp yana tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Endi uning nomzodini yetti davlat qo‘llab-quvvatlayapti, deb xabar berdi Oq uy.
Donald Tramp nomzodi tarafdorlari orasida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kamboja bosh vaziri Xun Sen, Gabon prezidenti Brais Oligi Ngema, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Pokiston hukumati va Ruanda tashqi ishlar vaziri Olive Nduxungirexe bor.
Iyun oyida Jorjiya shtatidan respublikachi kongressmen Baddi Karter prezident Donald Trampni Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli mojaroni to‘xtatishdagi «alohida va tarixiy rolini» ta’kidlab, uni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti terrorizmning eng yirik homiysi bo‘lgan Eronning sayyoradagi eng halokatli qurolga ega bo‘lishining oldini olishga hissa qo‘shgan.
Avvalroq Pokiston hukumati Hindiston bilan mojaroni hal qilishda vositachilik qilgani uchun Donald Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surgan edi.
Kaliforniyalik respublikachi, vakillar palatasi a’zosi Darrell Issa joriy yil boshida Trampni mukofotga nomzod qilib ko‘rsatgan va uning 2024 yilgi saylovdagi g‘alabasi butun dunyo tinchligiga «hayratlanarli darajada samarali ta’sir ko‘rsatganini» aytgan edi.
Tramp o‘zini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblaydi, biroq «uni o‘ziga hech qachon berishmaydi», degan fikrda.
Nobel mukofoti sayti ma’lumotlariga ko‘ra, hozir 2025 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 338 nafar nomzod ilgari surilgan.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40