Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf» va «Andijon» Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqiblarini bilib oldi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar Ligasi ikkala turniri guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston chempioni «Nasaf» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi Elit turniri G‘arb mintaqasida ishtirok etadi.
Qashqadaryo klubi qur’aga ko‘ra, «Traktor» (Eron), «Ash-Sho‘rta» (Iroq), «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni), «Al-Vahda» (BAA) klublari bilan o‘z maydonida o‘ynaydi.
Shuningdek, «Shabab Al-Ahliy» (BAA), «Al-Ahliy» (Saudiya Arabistoni), «Sharja» (BAA) va «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) klublari bilan safarda bellashadi.
Musobaqa 15 sentabrda start oladi va keyingi yilning 25 apreliga qadar davom etadi.
O‘zbekiston Kubogi sohibi «Andijon» Osiyo Chempionlar Ligasi 2 turniri G‘arb mintaqasida debyut qiladi. Qur’aga ko‘ra, «Arqadag‘» (Turkmaniston), «Al-Xolidiya» (Bahrayn) va Qatarning «Al-Ahliy» klublari bilan bir guruhda ishtirok etadi.
Musobaqa 16 sentabrda start oladi va keyingi yilning 16 mayiga qadar davom etadi. Guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan klublar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026