Özbekistonda 6 turdagi tovar uçun ekologik yiğim joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining 14 avgust kuni prezidentga taqdim etgan rejasida körsatilgan.

«Özbekiston 24» telekanali lavhasiga köra, eko-yiğim quyidagi tovarlarga joriy etilişi mumkin:

  • batareyka va akkumulyatorlar;
  • transport vositalari;
  • moylaş materiallari;
  • qadoq mahsulotlari;
  • şinalar va rezina kameralar;
  • şişa mahsulotlari.

Ekologik yiğim miqdori qança bölişi xabarda aytilmagan.

Taqdimotga köra, hozir çiqindilarning katta qismi poligonlarga yuboriladi, qayta işlaş darajasi past bölib, şinalar böyiça 17 foiz, şişa böyiça 6,3 foiz, plastmassa böyiça esa 11,2 foizni taşkil etadi.

Yillik hosil böladigan çiqindi hajmi plastmassa böyiça 1,8 million tonna, elektron çiqindi — 144 ming tonna, şişa — 647 ming tonna, moy — 250 tonna va rezina böyiça 217 ming donani taşkil qiladi. Şuningdek, 2035 yilga qadar elektr çiqindilar hajmi 10 ming tonnaga ortişi kutilmoqda.