Qonun bilan sud tomonidan ayrim şaxslarning Özbekistondan çiqiş huquqi vaqtinça çeklanişiga doir tartibni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, Özbekistondan çiqiş huquqini vaqtinça çeklaş gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanmagan, biroq Özbekistondan çiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz böyin tovlaşi uçun asoslar mavjud bölganda qöllanadi.
Prokuror, tergovçi, suriştiruvçi Özbekistondan çiqiş huquqini vaqtinça çeklaş töğrisida iltimosnoma qözğatiş haqida mazkur majburlov çorasini qöllaş asoslarini bayon etgan holda qaror çiqaradi.
Iltimosnoma materiallar kelib tuşgan paytdan e’tiboran 8 soatdan keçiktirmay yopiq sud majlisida körib çiqiladi.
Sudya iltimosnomani körib çiqib, Özbekistondan çiqiş huquqini vaqtinça çeklaş yoki uni rad etiş töğrisida ajrim çiqaradi. Ajrim ustidan 48 soat içida şikoyat berilişi yoxud protest bildirilişi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kirdi.











