Yakşanba kuni bölib ötgan umumxalq namoyişlarida politsiya önlab kişilarni qölga oldi, noroziliklarni bostiriş uçun jismoniy kuç va suv purkagiçlardan foydalandi. Al-Jazeera naşrining namoyiş taşkilotçilariga tayanib yozişiça, 17 avgust kuni keçga qadar faqat Tel-Avivning özida yarim millionga yaqin odam norozilik namoyişiga çiqqan – bu uruş boşlanganidan buyon eng yirik va keskin çiqişlardan biri böldi.

Xususan, «Garovdagilar va bedarak yöqolganlar oilalari forumi» Tel-Avivdagi mitingga qariyb 500 ming kişi qatnaşganini bildirgan. Ammo politsiya bu raqamni tasdiqlamadi.
Almost 500,000 People Gathered in Hostages Square and Surrounding Streets to Make It Clear - The Entire People of Israel Want the Release of All the Hostages and End the War.
— Bring Them Home Now (@bringhomenow) August 17, 2025
Credit: Yair Palti pic.twitter.com/NkTidIl96d
Mamlakat böylab maktablar, korxonalar va jamoat transporti töxtatildi. Bu harakat asirlar oilalari hamda halok bölganlar oilalarini birlaştirgan ikki guruh taşabbusi bilan ötkazilgan «milliy harakat kuni»ning bir qismi böldi.
«Haaretz» gazetasi yozişiça, önlab isroillik jamoat arboblari iş taşlaşni qöllab-quvvatlab, unga qöşilgan. Yirik kasaba uyuşmalari – advokatlar, şifokorlar, biznes forumi, şuningdek Quddusdagi Ibroniy universiteti ham iştirokini tasdiqladi. Restoran va kafelar ham yopildi.

Namoyişçilar Ğazoda garovda qolayotgan 50 kişidan faqat 20 nafari tirik deb hisoblanayotganini, uruş davom etsa ularning hayoti xavf ostida qolişini aytgan.
«Harbiy bosim asirlarni qaytarmaydi – ularni öldiradi, xolos. Ularni qaytarişning yagona yöli – barçasini birdaniga, öyinlarsiz almaşiş borasida kelişuv qilişdir», degan avval asirlikda bölgan Isroil fuqarolaridan biri.






















